Agar Yandex Brauzerning beta versiyasi bilan ishlashda muammo yuzaga kelsa va Maʼlumotnomada ularga yechim topa olmasangiz, Yandex yordam xizmati sizga yordam beradi. Yordam xizmatiga xabar yuborish uchun:
→ Yordam → Fikr-mulohaza tugmasini bosing. Aloqa varagʻi ochiladi.
Brauzerdan yoza olmayapman
Agar Brauzerni ishga tushira olmasangiz, shaklni istalgan boshqa brauzerda oching.
Muammo tavsifida qoʻshimcha ravishda quyidagilarni koʻrsating:
qanday amal bajarilganidan keyin Brauzer ishlamay qoldi (masalan, Brauzer yoki tizimni yangilash, dastur yoki kengaytmalarni oʻrnatish);
Brauzer qachondan buyon ishga tushmayapti;
qaysi antivirusdan foydalanasiz.
Muammo tavsifi katagini toʻldiring. Katak ostida 5 ta eng mashhur murojaatdan iborat roʻyxat aks etadi.
Agar birorta murojaat sizning holatingizga mos kelmasa, muammoni batafsil bayon eting.
Kerakli ma’lumotlar
Brauzerda xatolik xabari chiqishidan oldin bajargan amallaringizning bosqichma-bosqich tavsifi;
xatolik haqidagi xabar matni;
kompyuter turi (shaxsiy kompyuter, noutbuk, planshet), protsessor kuchi, operativ xotira hajmi;
Odatda siz Aloqa shakliga kirgan sahifaning skrinshoti xabarga biriktiriladi. Talab qilinsa, boshqa skrinshotni biriktirishingiz mumkin.
Yuborishni bosing.
Maslahat
Aloqa varagʻiga tezda oʻtish uchun brauzer oynasining yuqori oʻng burchagida joylashgan belgisini bosing.
Sharh
Yandex xizmatlariga aloqador muammolarni hal qilish uchun ushbu xizmatlarning yordam xizmatiga murojaat qiling:
1. Mobil Yandex Brauzer muammolari haqida bevosita Brauzerdan yozing: Bosh menyu → Sozlamalar → Sharh yozish yoki shakl.
2. Agar savol Yandex bosh sahifasiga tegishli boʻlsa (bezash mavzusini oʻzgartirish, bosh sahifa bo‘limlarini yoki xizmat belgilarini sozlash va hokazo), Yandex bosh sahifasi haqida savol variantini tanlab, alohida shakl orqali yozing.
3. Pochta ishiga oid savollar uchun (Pochtada reklama, boshqa qutilardan xatlarni jamlash, oʻchirilgan xatlarni qayta tiklash, kerakli xatlar spamga tushib qolishi va boshqalar) shakldan foydalaning.
4. Qidiruv va qidiruv natijalariga oid savollar uchun (qidiruv natijalarida sayt reytingini chiqarish, xato qidiruv natijalari va boshqalar) bizga shakl orqali yozing.
Foydalanish statistikasini yuborish
Biz doimiy ravishda Brauzer va Yandexning boshqa xizmatlarini yaxshilab boramiz. Bunda bizga yordam bermoqchi bo‘lsangiz — Brauzerdan foydalanish statistikasi va xatoliklar haqidagi hisobotni Yandexga yuborishga ruxsat bering:
Sharh
Ma’lumotlar maxfiyligidan xavotir olmang: statistika anonim.
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Shaxsiy maʼlumotlar sozlamalarini tanlang.
Quyidagi parametrlarni yoqing:
Yandex’ga foydalanish statistikasini yuborish.
Yandex’ga nosozliklar haqidagi hisobotlarni yuborish.
Brauzer versiyasini qanday bilib olish mumkin
Brauzer versiyasini bilish uchun → Yordam → Brauzer haqida tugmasini bosing yoki Aqlli satrdabrowser://help manzilini tering
Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.