---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.6
alternate:
  - https://yandex.by/support/browser-beta/en/security/children.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/kk/security/children.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/ru/security/children.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/tr/security/children.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/children.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.by/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Bolalar hisobi


<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

{% note info %}

Bolalar hisobidan brauzer beta versiyasining 22.11.0 Va keyingi versiyalarida foydalanish mumkin. Agar hisobni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, [Brauzerni](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/about/install.md#up) yangilang va qayta ishga tushiring.

{% endnote %}


## Nima uchun kerak {#what-for}

Bolalar hisobi bilan farzandingiz Brauzer beta versiyasida nimani ko‘rishi mumkinligini nazorat qilishingiz va uni nomaqbul kontentdan himoyalashingiz mumkin.

Bolalar hisobida:

- Yandex xizmatlari kontentni yoshga qarab taklif qiladi. [Oilalar](https://id.yandex.uz/family) shaxsiy kabinetida yosh cheklovlarini o‘rnating.

- Qidiruv natijalaridan shahvoniy mazmundagi materiallar (hatto so‘rov bunday resurslarni topishga qaratilgan bo‘lsa ham), shuningdek, behayo so‘zlarni qamrab olgan saytlar butunlay chiqarib tashlanadi.

- [Musiqa](https://yandex.ru/support/music/index.html) xizmati matnida nomaqbul so‘zlar mavjud taronalarni berkitadi.


- Filmlar qidiruvi avtomatik ravishda [Bolalar rejimi](https://yandex.ru/support/kinopoisk/online/kids-mode.html)ga o‘tadi, u yerda yosh va tomosha vaqti cheklovlarini belgilash mumkin.


- Bola hisobdan chiqa olmasligi uchun hisobdan chiqishda undan ota-onaning telefoniga yuborilgan SMS kodni kiritish talab qilinadi.

- [Inkognito rejimini](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/personal-data-protection/incognito-mode.md) yoqish mumkin emas.



## Yaratish {#create}

1. [Oilaviy hisob](https://yandex.uz/support/id/uz/family.html#create) yarating.

1. [Oila sahifasiga](https://passport.yandex.uz/profile/family) kiring.

1. **Bolalar hisobini yaratish** tugmasini bosing.
1. Bolaning ismi va tavallud sanasini kiriting. **Keyingisi**tugmasini bosing.
1. Bolalar hisobi uchun login va parol o‘ylab toping. **Keyingisi**tugmasini bosing.
1. Hisobingizga biriktirilgan telefon raqamiga yuborilgan SMS xabardagi kodni kiriting.
1. Hisob ma’lumotlarini tekshiring, yoshga oid cheklovlarni tanlang, talab qilinsa, oilaviy to‘lov kartasini ulang. Buni hisobni yaratgandan keyin ham qilish mumkin.
1. **Tayyor** tugmasini bosing.

Bolalar hisobiga kirish uchun avtorizatsiya paytida uni tanlang.


## Kattalar hisobiga aylantirish {#change-to-adult}


{% note info %}

Shuningdek, kattalar hisobini bolalar hisobiga [o‘zgartirishingiz](https://yandex.uz/support/id/uz/family.html#roles) mumkin. Bolalar hisobini kattalar hisobiga va aksincha o‘zgartirishni faqat oilaviy guruh administratori bajara oladi. Rollarni [yo‘riqnoma](https://yandex.uz/support/id/uz/family.html#roles) orqali sozlashingiz mumkin.

{% endnote %}


Bolalar hisobini kattalar hisobga o‘zgartirishingiz ham mumkin. Bu amalni bolaning hisobida tasdiqlash zarur.

1. [Oila](https://id.yandex.uz/family) varag‘iga kiring.

1. **Guruh imkoniyatlari** bo‘limida **Rollar**&nbsp;→ **Bolalar hisobini kattalar hisobiga aylantirish** tugmasini bosing.

1. Siz hisobini o‘zgartirishni xohlagan bolaning ismini bosing. Vaqtincha xotiraga havoladan nusxa olinadi. Uni bolaga yuboring.

1. [Bolalar hisobiga](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/personalization/profile.md) kiring va olingan havolani bosing.

1. Bolalar hisobini kattalar hisobiga almashtirishni tasdiqlang.


{% note warning %}

Odatda bolaning hisobiga ushbu hisobni yaratgan foydalanuvchining telefon raqami biriktiriladi va u bolalar hisobi kattalar hisobiga o‘zgartirilganda saqlanib qoladi. [Bu raqamni](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.html) hisobdan foydalanishni boshlagan foydalanuvchining raqamiga almashtiring, shunda xavfsizroq bo‘ladi.

{% endnote %}



## Boshqa oilaviy guruhga o‘tkazish {#change-child-to-another-group}

Siz boshqa oilaviy guruhdagi bolalar hisobini o‘z guruhingizga o‘tkazishingiz mumkin. Bu amalni bolaning hisobida va SMS xabardagi kod yordamida tasdiqlash zarur. Kod ushbu bolalar hisobini yaratgan foydalanuvchining telefon raqamiga yuboriladi.

1. [Oila](https://id.yandex.uz/family) varag‘iga kiring.
1. **Oilaviy guruh** bo‘limida **Yaqin kishingizni taklif qilish** tugmasini bosing.
1. Taklif qilish usulini tanlang:

    - Havolani ulashish. Bolaga yuborilishi kerak bo‘lgan havoladan vaqtincha xotiraga nusxa olinadi. [Bolalar hisobiga](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/personalization/profile.md) kiring va olingan havolani bosing va taklifni qabul qiling.
    - SMS yoki xat yuborish. Bolaning hisobiga biriktirilgan elektron pochta manzilini kiriting. Unga oilaviy guruhga taklifnoma keladi, uni qabul qiling.

1. Bolaning hisobini yaratgan foydalanuvchining telefon raqamiga bolaning hisobini o‘tkazishni tasdiqlash kodi yozilgan SMS keladi. Boshqa oilaviy guruhga taklifni qabul qilish uchun SMS xabardagi kodni kiriting.


{% note warning %}

Odatda hisobni yaratgan foydalanuvchining telefon raqami bolaning hisobiga biriktiriladi va u bolalar hisobini oilalar orasida o‘tkazishda saqlanadi. Bu raqamni [almashtirish](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.html) afzalroq — shunda xavfsizroq bo‘ladi.

{% endnote %}




<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

