---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.6
alternate:
  - https://yandex.by/support/browser-beta/en/security/check-passwords.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/kk/security/check-passwords.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/ru/security/check-passwords.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/tr/security/check-passwords.md
  - https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/check-passwords.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.by/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Parollarni tekshirish


[Yandex brauzerining beta versiyasi](https://browser.yandex.uz/beta/) parollaringiz zaifligini tekshiradi va xavfli parollarni almashtirishni taklif qiladi. Tekshirish parolni saqlashda har safar avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, navbatdagi [maʼlumotlarni saqlash](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-sync.md) paytida olingan barcha yangi parollar tekshiriladi. Shu bilan birga, istalgan vaqtda parollarni qo‘lda tekshirishingiz mumkin.


{% note alert %}

Parolni tekshirish [Inkognito](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/personal-data-protection/incognito-mode.md) rejimida ishlamaydi.

{% endnote %}


## Parollarni tekshirish sahifasi {#begin-checking}

1. **<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

1. Agar [asosiy parolni](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#master-password) yaratgan bo‘lsangiz, omborxonaga kirish uchun uni kiriting.

1. **Ishonchlilikni tekshirish** tugmasini bosing. Tekshirish boshlanadi.

    <!-- source: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/master-password-OS.md -->
    {% note info %}

    Agar sizda [asosiy parol](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#master-password) boʻlmasa, lekin Windows yoki macOS uchun parol mavjud  boʻlsa, Brauzer uni kiritishni soʻraydi. Bu xavfsiz — Brauzer tizim parolini aniqlay olmaydi, chunki uni tizim oynasida kiritgansiz. Linuxda tizim paroli yoʻq.

    {% endnote %}
    <!-- endsource: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/master-password-OS.md -->


Agar tekshiruv natijasida xavfli parollar topilsa, ularni [tuzating](#fix).


## Nima uchun parollar xavfsiz emas {#why}


{% list tabs %}

- Hammaga foydalana oladi


  Sizning parollaringiz internetdagi ochiq bazalarda topilgan. Yovuz niyatli shaxs loginni aniqlashi va hisobingizga kirishi mumkin. Ma’lumotlaringizni saqlab qolish uchun bunday parollarni imkon qadar tez almashtiring.


  {% note info %}

  Brauzer parollaringizni hech qayerga yubormaydi. Tekshirish paytida Brauzer ombordagi parollaringiz [heshlarining](https://ru.wikipedia.org/wiki/Хеш-функция) prefikslarini oshkor bo‘lgan parollar prefikslari bilan solishtiradi.

  {% endnote %}



- Takrorlanadigan


  Bir necha saytda bir xil paroldan foydalanish orqali siz o‘zingizni xatar ostiga qo‘yasiz. Bitta sayt paroliga yo‘l topgan yovuz niyatli shaxs boshqalariga ham kirishi mumkin. Bu bank yoki to‘lov tizimi bo‘lsa, ayniqsa xavfli bo‘ladi.

  Har bir sayt uchun alohida [murakkab](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-manager.md#save_generator) parol [o‘ylab toping](https://yandex.ru/support/common/ru/security/web-security.html#good-password) yoki generatsiya qiling. Himoyani yanada ishonchli qilish uchun [asosiy paroldan](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#create) foydalaning.


- Oddiylar


  123456, qwerty, password kabi oddiy parollardan foydalanmang. Firibgarlar ko‘pincha bunday hisoblarni oson buzishadi.

  Har bir sayt uchun alohida [murakkab](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-manager.md#save_generator) parol [o‘ylab toping](https://yandex.ru/support/common/ru/security/web-security.html#good-password) yoki generatsiya qiling. Himoyani yanada ishonchli qilish uchun [asosiy paroldan](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#create) foydalaning.

{% endlist %}


## Parollarni o‘zgartirish {#fix}

1. Xavfsiz bo‘lmagan parol ustiga kursorni qarating va keyin **Saytda o‘zgartirishni** bosing. Parol saqlangan sayt ochiladi.
1. Bu saytga kiring va parolni almashtirish bo‘limini oching.
1. Parolni murakkabrog‘iga almashtiring yoki uni [yarating](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-manager.md#save_generator).


## Tekshirishni faolsizlantirish {#turn-off}

Avtomatik tekshirishni faolsizlantirish uchun:

1. **<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

1. Agar [asosiy parolni](https://yandex.by/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#master-password) yaratgan bo‘lsangiz, omborxonaga kirish uchun uni kiriting.

1. Chap menyuda **Avtomatik toʻldirish sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Parollarni tekshirish** bo‘limida **Parollarni avtomatik ravishda tekshirish** parametrini faolsizlantiring.

Siz doim parollarni [qo‘lda](#begin-checking) tekshirishingiz mumkin.



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

